“Oyina.uz” portali Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining 30 yilligi munosabati bilan yutuqli viktorina eʼlon qiladi! Siz ushbu tanlovda qatnashib, Iphone 14 Pro Max va 5 ta smartfondan birining egasiga aylanishingiz mumkin!
Tanlov ikki bosqichda oʻtkaziladi. Birinchi bosqichda https://t.me/oyinauz_tanlovbotʹga kirib, maxsus havolani olishingiz kerak boʻladi. Ushbu havola yordamida yaqinlaringizni viktorinaga taklif qilish orqali ikkinchi bosqichga yoʻl olishingiz mumkin.
Tanlovning birinchi bosqichi 7-dekabr soat 23:00 gacha davom etadi.
Ikkinchi bosqichda esa 30 ta test savoliga eng birinchi va toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar gʻoliblikni qoʻlga kiritadi!
Savollar O‘zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari – bayroq, gerb, madhiya, konstitutsiya; Prezident asarlari, xususan, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” kitobi; shuningdek, milliy davlatchiligimiz tarixi, milliy madaniyat va qadriyatlarimiz; “Oyina.uz” portalida e’lon qilingan maqolalar asosida tuziladi.
Nizomga ko‘ra, viktorinada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tizimida ishlayotgan xodimlar hamda ularning yaqin qarindoshlari, shuningdek, “Oyina.uz” tanlovlarida ilgari g‘olib bo‘lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin emas.
Eslatib oʻtamiz, viktorinaga doʻstlarini eng koʻp jalb qilgan 100 nafar ishtirokchigina ikkinchi bosqichga oʻta oladi. Shunday ekan, shoshiling! Oyina.uzʹda bilimingiz bilan gʻalaba qozoning!
//
2 Izohlar
Shomurodova Aziza Erkin qizi
05:08 / 15.08.2023
Viktorinaga gap yòq juda zòr ekan menga juda yoqdi sizlar ham qatnashing
Nodirbek Ruzimov
12:01 / 01.01.1970
Zo'r viktorina ekan men ham qatnashyapman hammaga omad!