Shuhrating porlasin toki bor jahon!

15:11 / 25.11.2022 3189
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!" mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:

 

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila”;

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab”;

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh”;

“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi”.

 

Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakat hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xorijiy davlatlar fuqarolaridan iborat jamoalar ishtirok etishi mumkin.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi belgilangan tartibda jamoaviy joʻr boʻlib kuylangan videolavha internetdagi ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarda eʼlon qilinadi.

 

Soʻngra videorolik havolasi (linki) va ishtirokchi jamoa haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari 2022-yil 8-dekabrgacha “Oyina.uz”portalining telegramdagi oyinauz_bot manziliga yuboriladi.

 

Boshqa turli yoʻllar bilan yoʻllangan materiallar Hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi!  

 

Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 boʻlishi kerak. Talabga javob bermaydigan, tegishli maʼlumotlari toʻliq boʻlmagan ishlar tanlovdan chetlatiladi.

 

Har bir nominatsiya boʻyicha 1, 2, 3-oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:

 

1-oʻrin – 10 million soʻm;

2-oʻrin – 7 million soʻm;

3-oʻrin – 5 million soʻm.

 

Hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan qoʻshimcha ragʻbatlantirish mukofotlari berilishi mumkin.

 

Tanlov gʻoliblari shu yilning 9-dekabr kuni “Oyina.uz” portalida rasman eʼlon qilinadi.

 

Taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida tashkil etiladigan tantanali tadbir doirasida oʻtkaziladi. Hududlarda yashovchi gʻoliblarni taqdirlash esa Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tegishli boʻlim yoki boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish