“Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusida videoroliklar tanlovi e'lon qilindi

18:11 / 14.11.2022 2174
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlovga Davlat bayrogʻi haqidagi 3 daqiqadan oshmaydigan videoroliklar qabul qilinadi.

 

Ishtirokchilar ijodiy ishlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylab, havolasini “Oyina.uz” portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga shaxsiy maʼlumotlari bilan birga yuborishi talab etiladi.

Videoroliklar 17-noyabr soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Gʻoliblar pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1-oʻrin – 10 million soʻm,

2-oʻrin – 7 million soʻm,

3-oʻrin – 5 million soʻm,

4- va 5-oʻrinlar – 3 million soʻmdan.

 

Tanlov haqidagi barcha maʼlumotlar “Oyina.uz” portali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida eʼlon qilib boriladi.

1 Izoh

Дилноза

06:01 / 01.01.1970

Байрогимиз фахримиз..

Izoh qoldirish