Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi yana bir ijodiy tanlov eʼlon qiladi

16:11 / 14.11.2022 2269
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda boshqa tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamkorligida “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 31 yilligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan  “Ranglarda aks etgan Vatan madhi” mavzusida rasmlar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Tanlov 2 yosh toifasida:

 

25 yoshgacha hamda 26 va undan katta yoshdagi ishtirokchilar oʻrtasida oʻtkaziladi.

 

Tanlovda ishtirok etayotgan asarlarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

 

Asar mazmuni tanlov mavzusiga mos kelishi;

 

Asar mazmuni yoshlarni vatanparvarlik, ular qalbida Vatanga sadoqat, milliy anʼana va qadriyatlarga hurmat tuygʻusini mustahkamlash, barkamol shaxs etib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan boʻlishi, ularning bilim darajasini va dunyoqarashini oshirishi kerak.

 

Tanlovda qatnashish istagida boʻlgan ijodkorlar ijodiy ishlarini tegishli hujjatlar bilan birga, 2022-yil 25-noyabrga qadar Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Shirin koʻchasi, 55 uy (Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi) ga yuborishlari lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish