“Ona madhi” ijodiy ishlar tanlovi

16:09 / 13.09.2022 2284
Saqlash

 

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bilan “Ona madhi” ijodiy ishlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga hayotimiz quvonchi, oilalarimiz koʻrki boʻlgan moʻtabar ona siymosi yuksak darajada tarannum etilgan sheʼrlar, hikoyalar hamda esselar qabul qilinadi.

Tanlov 3 ta yoʻnalishda oʻtkaziladi.

1. “Eng yaxshi sheʼr” (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

2. “Eng yaxshi hikoya” (1-, 2-, 3-oʻrinlar);

3. “Eng yaxshi esse” (1-, 2-, 3-oʻrinlar).

Shuningdek, ragʻbatlantiruvchi mukofotlar ham taqdim etiladi.

Tanlovga taqdim etilgan asarlar saralanib, kitob holida chop etiladi. Taqdim etilgan ijodiy ishlar hech qayerda eʼlon qilinmagan boʻlishi shart.

Ijodiy ishlar 2022-yil 25-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib deb topilgan ijodkorlar mamlakatimiz Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar elektron holda muallifning shaxsiy maʼlumotnomasi, telefon raqami va pasport nusxasi bilan birga quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi. E-mail: badiiy_adabiyot@mail.ru.

Murojaat uchun telefon: (71) 231-83-67.

Telegram raqam: 90-968-08-25.

Tanlovga marhamat, aziz ijodkorlar!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish