“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi

10:08 / 16.08.2022 2751
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mukofot jamgʻarmasi qariyb 800 million soʻmlik “Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovga quyidagi mavzular boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi:

a).maʼnaviy-axloqiy fazilatlar (bunda salomlashish odobi, kattaga hurmatda, kichikka izzatda boʻlish, mehnatsevarlik, kamtarlik, ziyraklik, mehmondoʻstlik, bolajonlik, murosalilik, tejamkorlik, halollik, rostgoʻylik, hojatbarorlik, vijdonlilik, daxldorlik, mardlik, shijoat, milliy gʻurur, qatʼiyat, tadbirkorlik, oriyat, ibo, hayo, qanoat, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, kitobxonlik kabi maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan syujetlarga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq);

b).boqiy anʼana va milliy qadriyatlar (bunda xalqimiz tomonidan asrlar davomida qadrlanib, sayqal topib kelayotgan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshadigan milliy urf-odat va qadriyatlarga doir mavzular aks ettirilishi mumkin);

v).ijtimoiy hamjihatlik (bunda millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikenglik, mehr-shafqat, oʻzaro mehr-oqibat, yaqin qoʻshnichilik, doʻstlik va shu kabi jamiyatning jipsligiga xizmat qiladigan ezgu fazilatlar bilan bogʻliq mavzular yoritilishi mumkin);

g).ekologik madaniyat (bunda videoroliklar atrof-muhitni asrash, tabiat neʼmatlarini isrof qilmaslik, jamoat joylarini toza saqlash, “Yashil makon” loyihasi doirasidagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish kabi mavzularda tayyorlanishi mumkin).

Gʻoliblarni aniqlashda quyidagi mezonlarga eʼtibor qaratiladi:

  • videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilgani;
  • videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
  • muallifning videorolikni yaratishdagi oʻziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
  • videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlishi;
  • videorolikda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid boʻlgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.

Tanlovning hududiy va  respublika bosqichi gʻoliblari va ragʻbatlantiriluvchi nominatsiyalar sovrindorlari quyidagicha taqdirlanadi:

Birinchi bosqichda:

1-oʻrin – 10 000 000 (oʻn million) soʻm;

2-oʻrin – 7 500 000 (yetti million besh yuz ming) soʻm;

3-oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;

4 va 5-oʻrinlar hamda 5 ta ragʻbatlantiriluvchi nominatsiya – 3 000 000 (uch million) soʻmdan.

Yakuniy bosqichda:

1-oʻrin – 50 000 000 (ellik million) soʻm;

2-oʻrin – 40 000 000 (qirq million) soʻm;

3-oʻrin – 30 000 000 (oʻttiz million) soʻm;

5 ta ragʻbatlantiriluvchi nominatsiya – 10 000 000 (oʻn million) soʻmdan.

Ishtirokchilar oʻzlari tayyorlagan ijtimoiy videoroliklarni shu yilning 1-oktyabrigacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining hududiy boʻlimlariga yuborishlari lozim.

Murojaat uchun telefon / telegram:

1) Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 93 486 66 20;

2) Andijon viloyati – 99 1108786;

3) Buxoro viloyati – 99 703 4014;

4) Jizzax viloyati – 93 301 57 71;

5) Navoiy viloyati – 90 730 06 49;

6) Namangan viloyati – 91 361 06 90;

7) Samarqand viloyati – 88 935 71 71;

8) Sirdaryo viloyati – 91 505 43 73;

9) Surxondaryo viloyati – 93 239 00 95;

10) Toshkent viloyati – 94 683 38 92;

11) Fargʻona viloyati – 90 560 26 56;

12) Xorazm viloyati – 97 856 95 94;

13) Qashqadaryo viloyati – 97 906 07 00;

14) Toshkent shahri – 93 036 02 66.

Ijodiy ish bilan birga tanlov ishtirokchisining ism-familiyasi, yashash manzili, telefon raqami, ish yoki oʻqish joyi haqidagi maʼlumot ham yuborilishi shart.

Hududiy bosqichda tanlov mezonlariga mos boʻlgan 1–5-oʻrinlar va 5 ta ragʻbatlantiriluvchi nominatsiya sohiblari mukofotlanadi hamda respublika bosqichiga tavsiya etiladi. Yakuniy bosqichga chiqqan ishtirokchilar oʻz videoroliklarini yanada takomillashtirishlari yoki mutlaqo yangi videorolik tayyorlab, taqdim etishlari mumkin boʻladi.

“Inson qadri uchun” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovi haqidagi barcha maʼlumotlar Oyina.uz portali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilib boriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish