“Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika tanlovi eʼlon qilindi

22:07 / 01.07.2022 1205
Saqlash

Vazirlar Mahkamasining Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” respublika tanlovini eʼlon qildi.

 

 Tanlov toʻrtta yoʻnalishda oʻtkaziladi.

 

Undagi “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” yoʻnalishida mahalliy ijro etuvchi tuman/shahar hokimliklari ishtirok etadi.

 

“Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari oʻrtasida aniqlanadi.

 

“Oʻzbek tilini rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi ilmiy-amaliy loyiha va dasturiy mahsulotlar” yoʻnalishida ilmiy tashkilotlar, oliy va oʻrta-maxsus taʼlim muassasalari qatnashadi.

 

“Oʻzbek tilining qudrati va goʻzalligini tarannum etgan eng yaxshi badiiy asar” yoʻnalishida yozuvchi, shoirlar ishtirok etadi.

 

Tanlov joriy yilning 1-iyulidan 1-sentyabriga qadar oʻtkaziladi va gʻoliblar 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni arafasida eʼlon qilinadi.

 

Tanlov nizomi va qoʻshimcha maʼlumotlar bilan www.til.gov.uz sayti  orqali tanishish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish