“Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlari eʼlon qilindi

23:06 / 02.06.2022 1097
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovlarini eʼlon qiladi.


Oʻz tizimida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni namunali tashkil etgan, mamlakatimizdagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, aholining ijtimoiy kayfiyatini yaxshilash va islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha samarali loyihalarni ishlab chiqib, faol ravishda amaliyotga joriy qilgan barcha vazirlik va idora Nizomda koʻrsatilgan buyurtmanomani toʻldirishi, baholash mezonida keltirilgan har bir yoʻnalish boʻyicha oʻtgan yilning 1-iyunidan joriy yilning 1-iyuniga qadar boʻlgan muddatda amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida asoslantirilgan maʼlumotlarni ilova qilishi va Respublika komissiyasiga yuborishi lozim.


“Eng namunali tuman va shahar” tanlovida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tavsiyasiga koʻra tuman va shahar ishtirok etishi mumkin.


Baholash natijalariga koʻra 1-oʻrin uchun – “Damas” avtomobili va 15 million soʻmlik kitoblar toʻplami;


2-oʻrin uchun – 40 million soʻm pul mukofoti va 12 million soʻmlik kitoblar toʻplami;


3-oʻrin uchun – 25 million soʻm pul mukofoti va 8 million soʻmlik kitoblar toʻplami;


4-va 5-oʻrinlar uchun – har biriga 10 million soʻmdan pul mukofotlari tantanali ravishda topshiriladi.

 

Tanlovda faol ishtirok eting.

 

Murojaat uchun telefon: (71) 215-53-71.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish