“Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovi

14:05 / 26.05.2022 1044
Saqlash

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Respublika iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida O‘zbekistonni yangi rivojlanish bosqichшga ko‘tarish borasida belgilangan taraqqiyot strategiyasining maqsad-vazifalarini keng yoritish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar 2022-yilning 25-mayidan shu yilning 25-iyuliga qadar gazeta va jurnallarda hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligi va matbuot nashrlarining rasmiy saytlarida e’lon qilingan maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

 

Maqolalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan joriy yilning 30 iyuliga qadar qabul qilinadi.

 

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

 

2 ta I o‘rin g‘olibi diplom hamda olti million so‘mdan pul mukofoti bilan;

 

2 ta II o‘rin g‘olibi diplom hamda  to‘rt million so‘mdan pul mukofoti bilan;

 

2 ta III o‘rin g‘olibi diplom hamda ikki  million so‘mdan pul mukofoti bilan;

 

Shuningdek, qo‘shimcha uchta rag‘batlantiruvchi o‘rin mualliflari diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 

Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalari hamda tashkilotchilarning internet sahifalarida e’lon qilinadi.

 

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayrami arafasida o‘tkaziladi.

 

Murojaat uchun telefonlar:

 

+99895 177 51-57

+99897 745-35-76 (telegram)

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish