“Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” tashkil etiladi

14:04 / 19.04.2022 1427
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi hamda qator tashkilotlar hamkorligida 2022-yilning may-dekabr oylarida respublikamizning barcha hududlarida “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat!” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkaziladi.

Festival doirasida:

- “Uchinchi renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida konferensiya

- “Oʻzbekiston Qahramonlari” bilan ijodiy uchrashuv hamda shu nomdagi kitob taqdimoti

- “Mening farzandim Oʻzbekiston faxri!”

- “Ziyolilar forumi”

- “Inson qadri”, “Mehr-muruvvat va saxovat uchun!”

- “Maʼrifat soati”

- “Maʼrifatli oila – maʼnaviyat tayanchi”

- “Zukko bolajon”

- “Teatrlar haftaligi” loyihalari

- “Milliy qoʻshiqlar va maqom” konsert dasturi.

- “Maʼrifat ulashib” aksiyasi, “Yangi uygʻonish davri kitob va kutubxonalardan boshlanadi” nomli kitob koʻrgazmalari

- “Faol fuqaro” munozara klubi

- “Maʼrifat ziyo” platformasi taqdimoti

- “Maʼnaviyat kubogi” sport musobaqasi va boshqa madaniy maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Festival haqidagi toʻliq maʼlumotlarni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hududiy boʻlimlari hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatidan olishingiz mumkin.

Festivalda faol ishtirok eting!

Murojaat uchun telefonlar: 95 143-35-53, 95 170-87-78

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish