“Oltin qalam–2022” tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi

11:03 / 28.03.2022 2180
Saqlash

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi milliy va xalqaro jurnalistikaning yutuqlarini keng ommalashtirish, OAV xodimlarining faol fuqarolik pozisiyasini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, ijodiy faoliyatga yangicha yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash hamda milliy jurnalistika rivojiga hissa qo‘shish maqsadida Jahon matbuot erkinligi kuniga bag‘ishlangan “Oltin qalam – XVI” Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovini e’lon qiladi.

Tanlov – televideniye, radio, bosma nashrlar, internet-jurnalistika va chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali bo‘yicha besh yo‘nalishda o‘tkaziladi.

Tanlovda (2021-yilning 31-martidan 2022-yilning 1-apreligacha) bosma va internet nashrlarda e’lon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan materiallar ko‘rib chiqiladi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar soni 5 tadan kam bo‘lmasligi shart. Materiallar tanlov matbuotda e’lon qilingan kundan boshlab, shu yilning 15 apreligacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlarning elektron versiyasi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining jurnalistlar.uz saytidagi “Oltin qalam–2022” sahifasiga joylashtiriladi.

Asosiy mukofotlar

1 ta Bosh milliy mukofot!

Televideniye bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Radio bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-,2-,3-o‘rinlar);

Bosma nashrlar bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar);

Internet nashrlar bo‘yicha

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (1-, 2-, 3-o‘rinlar).

Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston  haqidagi eng yaxshi materiali uchun – 1 ta birinchi o‘rin, 4 ta ikkinchi o‘rin 

TV, radio, bosma va internet nashrlar.

Shuningdek, rag‘batlantiruvchi mukofotlar:

Inson qadrini ulug‘lashga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallari uchun;

Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallari uchun;

O‘zbekiston tarixi yoritilgan eng yaxshi materiallari uchun;

Eng yaxshi axborot xizmati;

Eng yaxshi fotoreportaj.

Bosma va internet materiallari asl yoki ko‘chirma nusxada (bosma yoki internet nashrda chop etilgani hamda qog‘ozda qisqacha mazmuni bayoni) va ularning elektron versiyasi taqdim etilishi lozim.

Video materiallar 3 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi va flesh karta (tashqi xotira qurilmasi) imkon qadar rangli formatda, annotasiyasi (qog‘ozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi kerak.

Audio materiallar esa 5 daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi va audio materiallar flesh karta (tashqi xotira qurilmasi) da, annotasiyasi (qog‘ozda qisqacha mazmuni bayoni) bilan birga taqdim etilishi lozim.

Materiallarga quyidagi ma’lumotlar ilova qilinishi shart.

Muallifning ismi – sharifi, pasport nusxasi, ish faoliyati haqida qisqacha ma’lumot (ob’yektivka), manzili va aloqa uchun telefon raqami.

Tahririyatlar uchun esa Bosh muharrirning ismi-sharifi, tahririyat manzili va ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma nusxasi.

Tanlovga taqdim etilgan materiallar qaytarilmaydi.

Tantanali taqdirlash marosimi 2022-yil 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni o‘tkaziladi.

Ijodiy ishlar “Oltin qalam” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda quyidagi manzilga yuborilishi lozim: 100129, Toshkent sh., Navoiy ko‘chasi 30-uy, 3-qavat 5- va 8- xonalar. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.

Murojaat uchun telefonlar: 71 -244-64-62, 71-244-37-87, 71- 244-64-61,

Telegram raqam: 99-592-05-48

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish