“Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublika tanloviga marhamat!

17:03 / 24.03.2022 1374
Saqlash

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bilan hamkorlikda “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” respublika tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovdan maqsad xalq ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilarning yetakchiligi, faolligi, ijodiy qobiliyati va tashabbuskorligini rivojlantirish, kasbiy mahoratining ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;

 

ta’lim tizimidagi islohotlar   va unda belgilangan vazifalardan xabardorligi, dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonida milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan bilimlarini mustahkamlash;

 

o‘quvchi-yoshlar ongiga vatanparvarlik, millatparvarlik, bag‘rikenglik, hushyorlik va ogohlik kabi tuyg‘ularni singdirish, ularni milliy urf-odatlar ruhida har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga qaratilgan ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish;

 

yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan fidoyi soha mutaxassislarini tanlash va ular haqidagi ma’lumotlar bankini yaratishdir.

 

Tanlov uch bosqichda tashkil etiladi:

1-bosqich – tuman (shahar) bosqichi: 2022-yil-10 aprelgacha;

2-bosqich –  Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar –  hududiy bosqichi: 2022-yil 25-aprelgacha;

3-bosqich – Respublika bosqichi: 2022-yil 15-maygacha.

 

Tanlovning barcha bosqichlarida ishtirokchilar faoliyati belgilangan nizom asosida baholanadi hamda g‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar, faxriy yorliq, kitoblar jamlanmasi va diplomlar, pul mukofotlari bilan, Respublika bosqichi g‘oliblari esa Xalq ta’limi vazirligining faxriy yorliqlari, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi” ko‘krak nishoni, qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Gʻoliblar faoliyat yuritadigan maktablarga kitoblar jamlanmasi topshiriladi.

Tanlovda ishtirok etish istagidagi targ‘ibotchilar tuman ma’naviyat bo‘linmasiga murojaat qilishlari mumkin.

Tashkiliy qo‘mita

1 Izoh

Aziza

06:01 / 01.01.1970

Buxoro viloyat Romitan tuman 2-umumta'lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi sifatida tanlovda, albatta, ishtirok etaman.

Izoh qoldirish