Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2022-yilning 20-martidan 30-mart sanasiga qadar “Milliy qadriyatlar 10 kunligi” e’lon qilindi.
Ushbu 10 kunlik doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahrida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar, xalq sayillari o‘tkaziladi.
Tadbirlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari, “Marifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolari, ekspertlar tomonidan Navro‘z umumxalq bayramining tarixi, uning umuminsoniy qadriyatlarni ulug‘lash, urf-odatlarimiz, qadimiy an’nalarimizni avaylab-asrashdagi ahamiyati keng targ‘ib qilinadi.
“Milliy qadriyatlar 10 kunligi” doirasida milliy urf-odatlarimizni o‘zida namoyon etgan sahna ko‘rinishlari, turli ko‘rgazmali chiqishlar, milliy taomlarimiz namoyish etiladi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi, viloyat bo‘limlari hamda tuman va shahar bo‘linmalari tomonidan mehr-muruvvat, saxovatpeshalikni o‘zida mujassam etgan xayriya tadbirlari tashkil etiladi. Keksalar, ko‘makka muhtoj kishilar, ehtiyojmand oilalarni holidan xabar olinadi.
//
Izoh yo‘q