“Oyina.uz” ishga taklif qiladi

11:01 / 24.01.2022 1314
Saqlash

“Oyina.uz” portali internet-jurnalistika sirlaridan xabardor va sohada maʼlum tajribaga ega jurnalistlarni ishga taklif etadi! Tezkor yangiliklarni tayyorlab ommaga yetkazish, muhim mavzularda tahliliy maqolalar tayyorlashni uddalaysizmi? Unda ahil jamoamizga qoʻshiling.

Nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim (25dan 35 yoshgacha):

– internet jurnalistika boʻyicha 3 yildan kam boʻlmagan tajribaga ega boʻlish;

– tezkor yangiliklar va tahliliy maqolalar tayyorlay olish;

– katta hajmdagi maʼlumotlar bilan tezkor ishlash qobiliyati;

– oʻzbek tilining grammatik qoidalarini mukammal bilish;

– imloviy xatolarsiz yozish qobiliyati (kirill va lotin grafikasida);

“Oyina.uz” nomzodlarga quyidagi ish sharoitlarini yaratib beradi:

– munosib ish haqi (suhbat davomida muhokama qilinadi);

– shahar markazida joylashgan barcha sharoitlarga ega shinam ofis;

– ahil va kreativ jamoa bilan ishlash imkoniyati;

– 5/2 ish jadvali, soat 9:00 dan 18:00 gacha (24/7 onlayn boʻlish muhim), shuningdek, kelishib olish mumkin.

Rezyumengiz va oʻzingiz tayyorlagan tahliliy maqolalarni @oyinauz_bot manziliga yuboring.

Eslatma! Tahririyat yuborilgan har bir rezyume egasiga javob qaytarishni oʻz zimmasiga olmaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish