Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Madaniyat vazirligi hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan “Vatanim madhiyasini kuylayman!” shiori ostida tanlov eʼlon qiladi.
Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
Tanlovda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, mamlakat hududida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, xorijiy davlatlar fuqarolaridan iborat jamoalar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Madhiyasini jamoaviy boʻlib kuylagan video-lavhani taqdim qilish orqali ishtirok etishi mumkin. Buning uchun internetdagi ochiq manbalarda eʼlon qilingan tegishli video-lavhalarning linklari va ishtirokchi jamoa haqidagi maʼlumotlarni 2021-yil 8-dekabrgacha Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining oyina.uz portali aloqa boʻlimiga (https://oyina.uz/uz/contact) yuborish talab etiladi.
Videolavha formati MPG, MPEG, AVI, MOV, WMA, MP4 boʻlishi kerak. Talabga javob bermaydigan ishlar hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqilmaydi.
Har bir nominatsiya boʻyicha 1, 2, 3-oʻrin gʻoliblari aniqlanadi va quyidagi tartibda mukofotlanadi:
Hakamlar hayʼati tavsiyasiga asosan Tashkiliy qoʻmitaning qarori bilan qoʻshimcha ragʻbatlantirish mukofotlari belgilanishi mumkin.
Tanlov gʻoliblari shu yil 9-dekabr kuni Markazning oyina.uz portali orqali rasman eʼlon qilinadi. Taqdirlash marosimi esa 10-dekabr kuni Toshkent shahridagi “Xalqlar doʻstligi” maydonida oʻtkaziladigan tadbir jarayonida, hududlarda yashovchi gʻoliblarni taqdirlash esa Markazning tegishli boʻlim yoki boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
//
Izoh yo‘q