Vatan taraqqiyotiga mening hissam!

13:11 / 06.11.2021 20745
Saqlash

 

Mamlakatimizda adabiyot, san’at va madaniyat  sohalarida faoliyat yuritayotgan iste’dodli, tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” respublika tanlovini e’lon qiladi.

 

Tanlovda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar:

 

  • "Adabiyot va publisistika”
  • “Tasviriy va amaliy san’at”
  • “Maqom va milliy estrada” yo‘nalishlarida bellashadilar.

 

Arizalar shu yilning 20-noyabriga qadar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining hududiy bo‘limlarida qubul qilinadi.

5 Izohlar

Laylo

06:11 / 03.11.2023

Vatan ravnaqiga mening hissam koʻrik tanlovining ona tili va adabiyoti yoʻnalishlarida qatnashib oʻz iqtidorimni sinab koʻrmoqchiman.

Ahmadjon

14:09 / 21.09.2023

Mening vatanimga hissam bu barcha fanlarda yaxshi òqib vatanimni taniqmoqchiman. Mening eng yoqtirgan fanlarini. Algebra Ona tili Ingliz tili Tarix

Sulioxan

06:01 / 01.01.1970

“Vatanim taraqqiyotiga mening hissam”. Aziz va jonajon yurtimiz nimalarni boshdan kechirmadi deysiz. Oʻz oʻrnini topib, jahon sahnasida Oʻzbekiston degan nomni mustahkamlaguncha nimalarga duch kelmadi, nimalarni yengib oʻtmadi. Mustaqillik yoʻlida oʻzini qurbon qilgan, jon fido qilgan, shahid boʻlgan ajdodlarimizning tinimsiz kurashlari, tunlarni tongga, kunlarni tunga ulab qilgan mehnatlari evaziga bugun biz tinch va osuda hayotga erishdik. Yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va masʼuliyat hisini yanada kuchaytirish, mamlakatimizda yangi Oʻzbekistonni barpo etish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish borasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishlarini taʼminlash, ularda izlanuvchanlik, oʻzi tanlagan sohaga masʼuliyat hisini oshirish hamda ijodkorlik bilan yondashish tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, iqtidorli yoshlarning faoliyati, erishgan yutuqlarini yurtimizdagi barcha yigit-qizlarga ibrat va namunaga aylantirish maqsadida, NavDPI Fizika-astronomiya va texnologik taʼlim fakultetida tanlovni oʻtkazilishi boʻyicha tushintirish ishlari olib borildi.

Lazizbek

06:01 / 01.01.1970

Vatan ravnaqiga mening hissam korik tanlovining ingliz tili va algebra yonalishida qatnashib o'z iqtidorimni sinab ko'rmoqchiman.

shoira xolmurodova

06:01 / 01.01.1970

Vatan ravnaqiga mening xissamkoʻrik tanlovining ona tili va adabiyot yoʻnalishida qatnashib oʻz iqtidorimni sinab koʻrmoqchiman

Izoh qoldirish