Yangi O‘zbekiston – yangi qo‘shnichilik

09:08 / 24.08.2021 1111
Saqlash

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin hamkorligini yoritish bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston – yangi qo‘shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashish istagini bildirganlar 2021 yilning 12 iyulidan 12 sentyabriga qadar gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqolalar bilan ishtirok etishlari mumkin.
Maqolalar Tashkiliy qo‘mita tomonidan joriy yilning 15 sentyabriga qadar rmmm-2017@umail.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:

I o‘rin uchun oliy darajali diplom hamda 15 million so‘m miqdorda pul mukofoti bilan;
II o‘rin uchun diplom hamda 10 million so‘m miqdorda pul mukofoti bilan;
III o‘rin uchun diplom hamda 5 million so‘m miqdorda pul mukofoti bilan;

Shuningdek, qo‘shimcha tarzda 3 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiblari
3 million so‘mdan pul mukofoti, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlov natijalari ommaviy axborot vositalarida hamda tashkilotchilarning internet sahifalarida e’lon qilinadi.
Tanlovda faol ishtirok eting!

Murojaat uchun telefonlar:
(95)177-51-57, (95)143-35-53

1 Izoh

Zahro

06:01 / 01.01.1970

Hammaga hech bumasa diplom bilan arzimas sovģalar berilsin

Izoh qoldirish