“Kitoblararo 80 kun” marafoni g‘oliblari aniqlandi

19:09 / 10.09.2024 925
Saqlash

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oyina.uz portali hamkorligida o‘tkazilgan “Kitoblararo 80 kun” marafonida jami 36 026 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Marafonning uch bosqichida “Turkiston qayg‘usi”, “Atom odatlar”, “Lolazor”, “Qora kitob”, “Alpomish” dostoni va “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarlarini mutolaa qilib, test sinovlarida namunali natija ko‘rsatgan 84 nafar kitobxon marafonning final bosqichiga o‘tkazildi.

Final bosqichida kitobxonlarimiz Tog‘ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romani bo‘yicha revyu topshirdilar hamda Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari yuzasidan audio-muloqot tashkil etildi. Marafon ishtirokchilari yakuniy topshiriqlardan keyingi natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishlari mumkin.

Umumiy natijalarga ko‘ra marafonning 20 nafar g‘oliblari aniqlandi. Ular bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin: 

G‘oliblar quyidagi tartibda taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun – 20 mln so‘m;

2-o‘rin uchun – 15 mln so‘m;

3-o‘rin uchun – 10 mln so‘m;

4-10-o‘rinlar uchun – 3 mln so‘m;

11-20-o‘rinlar uchun – BookReader qurilmasi.

Marafonning TOP-20 ro‘yxatidan o‘rin egallagan kitobxonlarni jamoamiz nomidan tabriklaymiz. G‘oliblarni taqdirlash jarayoni yuzasidan ma’lumotlar keyinroq e’lon qilinadi. 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//