“Kitoblararo 80 kun” marafonining final bosqichi shartlarini e'lon qilamiz

13:09 / 04.09.2024 946
Saqlash

Bu bosqichda ishtirok etayotgan 84 nafar kitobxonimiz quyidagi 2 ta topshiriqni bajaradilar:

 

1-topshiriq

Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asariga revyu yozish.

Maʼlumot uchun, revyu – adabiy asar uchun yozilgan taqriz hisoblanadi. Talab boʻyicha siz yozadigan taqrizlar 300 ta soʻzdan oshmasligi, asarning to‘liq mazmun-mohiyatini ifoda etishi hamda ilmiy-ijodiy yondashuvga asoslanishi lozim. 

Revyuni 6-sentyabr kuni 16.00 dan 20.00 ga qadar @oyinatanlovbot manziliga yuboring.

 

2-topshiriq

Marafon komissiyasi vakili tomonidan 7-sentyabr kuni (kunning istalgan vaqtida) sizga qoʻngʻiroq qilinadi va Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari boʻyicha 2 daqiqalik audio-muloqot tashkil etiladi.

Muloqot tartibi boʻyicha oldindan maʼlumot berilmaydi. Tanlov botida roʻyxatdan oʻtilgan telefon raqamlar kun davomida online rejimda boʻlishi talab etiladi. 

Kitobxonlar finaldagi har ikkala topshiriqni bajarishlari shart va gʻoliblik faqatgina 20 nafar yurtdoshlarimizga nasib etadi. Hakamlar hay’atining qarori bilan qo‘shimcha nominatsiyalar joriy etilishi mumkin.

Tanlov g‘oliblari haqidagi ma’lumotlar Oyina.uz portalining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.

 

Batafsil ma'lumot uchun: @oyinatanlovbot

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//