“Kitoblararo 80 kun” marafonining final bosqichini boshlaymiz!

12:08 / 16.08.2024 789
Saqlash

Marafonda shu kunga qadar 36 026 nafar ishtirokchi qatnashdi va toʻrtinchi bosqichga eng yuqori ball toʻplagan 84 nafar kitobxon oʻtkazildi. Final bellashuvida Nizomulmulkning “Siyosatnoma” asari hamda yozuvchi Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romanini oʻqish tavsiya etiladi.

 

Ushbu bosqich shartlari esa final yakunidan bir necha kun oldin @oyinatanlovbot va Oyina.uz portalining ijtimoiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

 

Eslatib oʻtamiz, bu bosqichda 20 nafar gʻolibni aniqlaymiz. Gʻoliblarimizni esa quyidagi sovrinlar kutmoqda:

 

1-oʻrin – 20 mln soʻm;

2-oʻrin – 15 mln soʻm;

3-oʻrin – 10 mln soʻm;

4-10-oʻrin – 3 mln soʻm;

11-20-oʻrin – BookReader qurilmasi.

 

Marafon finalchilariga yoqimli mutolaa va omad tilaymiz!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//