“Kitoblararo 80 kun” marafonining uchinchi bosqichi yakunlandi

17:08 / 14.08.2024 1290
Saqlash

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oyina.uz portali hamkorligida o‘tkazilayotgan “Kitoblararo 80 kun” marafonida shu kunga qadar 36 026  nafar ishtirokchi qatnashdi.

 

Marafonning uch bosqichida kitobxonlar “Turkiston qayg‘usi”, “Atom odatlar”, “Lolazor” , “Qora kitob”, “Alpomish” dostoni va “G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q” asarlarini mutolaa qilib, ushbu kitoblar asosida tuzilgan test savollariga javob berishdi. 

 

Avval e’lon qilganimizdek, uchta bosqichda eng yuqori ball to‘plagan 80 nafar kitobxonning so‘nggi bosqichga o‘tkazilishi belgilangan. Ballardagi tenglik hisobiga 84 nafar ishtirokchi 4-bosqich – final bosqichiga yo‘l oldi. Ular bilan quyidagi jadvalda tanishishingiz mumkin:

 

 

Shuningdek, quyidagi havola orqali marafonning TOP-1000 taligiga kirgan ishtirokchilar o‘z ballarini ko‘rishlari mumkin. 

 

Tez orada marafonning yakuniy – to‘rtinchi bosqichini boshlaymiz. Bizni kuzatib boring.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//