“Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovi eʼlon qilindi

11:07 / 25.07.2024 1156
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qator tashkilotlar bilan hamkorlikda “Salom Vatandosh” mega loyiha dasturi doirasida “Yangi Oʻzbekistonga qanot boʻlamiz!” ijodiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.

 

Mavzular:

➖ Vatanparvarlik va insonparvarlik gʻoyasini targʻib qilish;

➖ Burch va sadoqatni namoyon etish;

➖ Vatanparvarlikka sohaviy yondashuv;

➖ Vatanim mening nigohimda;

➖ Yangi Oʻzbekiston fenomeni yoshlar nigohida.

 

Talablar:

◻️ videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi;

◻️ videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;

◻️ muallifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy innovatsion yangicha  yondashuvi, ishning plagiat emasligi;

◻️ milliylikni zamonaviy ko‘rinishda targ‘ib qiluvchi, etika-estetika tomonlariga alohida axamiyat berilishi kerak.

◻️ videorolik barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;

◻️ videorolikda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.

 

Mukofotlar:

▪️Gʻolibga – Iphone 15 Pro max;

▪️ 2-oʻringa – noutbuk;

▪️ 3-oʻringa – planshet.

 

Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birgalikda 2024-yilning 26-avgustiga qadar Telegram'dagi @SALOMVATANDOSH_BOT manziliga yuborilishi lozim.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//