“Ezgulik” tanlovining “Hakamlar e’tirofi” yo‘nalishi g‘oliblari ma'lum bo‘ldi. Navbat “Muxlislar ovozi” g‘olibini aniqlashga

16:06 / 14.06.2024 549
Saqlash

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qilgan edi. Tanlovga 100dan ortiq ishlar kelib tushdi. Kelib tushgan ishlar Ishchi guruh tomonidan nizom talablariga mosligi tekshirildi. 

Gʻoliblar videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi, tasvir, ovoz va montaj ishining sifati, muallifning o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi, videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi va boshqa nizomda ko‘rsatilgan mezonlarga ko‘ra aniqlandi, Ishchi guruh va Hakamlar hay’ati tomonidan saralandi.

Natijalarga ko‘ra, “Hakamlar e’tirofi” yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deya topilganlar: 

1-o‘rin – Risolat Maxsimova (Toshkent viloyati);

2-o‘rin – Xurshid Zaynalobidinov (Farg‘ona viloyati);

3-o‘rin – Shamshodbek To‘xtayev (Buxoro viloyati).

Ishchi guruh tomonidan tanlab olingan 3ta videorolik orasidan “Muxlislar ovozi” yo‘nalishi g‘olibi esa Oyina.uz portali telegram kanalida ovozlar soni bo‘yicha aniqlanadi. Ular Oyatillo Nabijonov (Farg‘ona viloyati), Madina Begaliyeva (Xorazm viloyati), Jonibek Suyunov  (Qashqadaryo viloyati). Ovoz berish jarayoni 14-iyun soat 18:00dan, 19-iyun soat 10:00ga qadar davom etadi.  

Eslatma! Tanlov shartlariga javob bermaydigan ishlar qabul qilinmadi. Mualliflik huquqi buzilgan, plagiat ishlar bilan qatnashgan ishtirokchilar tanlovdan chetlatildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//