Antoniu Guterrish Oʻzbekistonga keldi

Saqlash
17:06 / 30.06.2024 291 0

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi.

 

 

Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.

 

Maʼlumot uchun, BMT Bosh kotibi 30-iyun – 1-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.

 

 

Tashrif doirasida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

 

Kun tartibidan Oʻzbekistonning BMT va uning institutlari bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari, shuningdek, global siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlari oʻrin olgan.

 

Bundan tashqari, BMT Bosh kotibining qator sanoat va ijtimoiy soha obyektlarini ham borib koʻrishi hamda ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//