Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Saqlash
14:07 / 02.07.2024 286 0

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida boʻladi.

 

Sammit kun tartibidan SHHT doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari oʻrin olgan.

 

Tashrif davomida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikning muhim jihatlari ham koʻrib chiqiladi.

 

Yigʻilish yakunida esa Ostona deklaratsiyasi hamda iqtisodiyot, xavfsizlik, ekologiya, energetika, turizm va boshqa koʻplab yoʻnalishlarda sheriklikni kengaytirish boʻyicha hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashrif doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//