Markaz

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-apreldagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi PQ-288-son qaroriga ko‘ra  Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi ochildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 25-avgustdagi “Milliy g‘oya targ‘iboti va  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi PQ-451-son qaroriga ko‘ra Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi negizida Respublika Ma’naviyat targ‘iboti markazi hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi alohida tashkilot sifatida ish boshladi.

2017-yil 28-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi  PQ-3160-son qarori qabul qilingach, Respublika Ma’naviyat targ‘iboti va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazlari faoliyati umumlashtirilib, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-son qarori sohada faoliyat samaradorligini oshirish borasidagi muhim qadam bo‘ldi. Markaz huzurida Ma’naviyat va ijodni qo‘llab-quvvatlash maqsadli jamg‘armasi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tuzildi. Oyina.uz ma’naviy-ma’rifiy portali ochildi. 

Markaz muassisligida “Tafakkur”, “Ma’naviy hayot”, “Jahon adabiyoti (hammuassislikda)” jurnallari chop etiladi. Shuningdek, “Ma’naviyat” nashriyoti faoliyat yuritadi. 

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligidagi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ijro organi hisoblanadi.