Parij-2024 Olimpiadasida gʻolib boʻlganlarga qancha pul mukofoti berilishi maʼlum boʻldi

Saqlash
17:07 / 02.07.2024 589 0

Prezident qarori bilan, 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan Oʻzbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

 

▪️ oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;

▪️ kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;

▪️ bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari.

 

Mazkur ragʻbatlantirish XVII Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻladigan Oʻzbekiston sportchilar uchun ham amal qiladi.

 

Mazkur xarajatlar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Oldinroq Parij Olimpiadasining ochilish marosimida Oʻzbekiston bayrogʻini kimlar koʻtarib chiqishi haqida xabar berilgan edi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//