Oʻzbekistonliklar IQ darajasi boʻyicha dunyoda nechanchi oʻrinda turadi?

Saqlash
18:07 / 02.07.2024 921 0

Oʻrtacha IQ ballari boʻyicha Oʻzbekiston 115 ta davlat ichida 80-oʻrinda turadi.

 

Maʼlumot 2024-yil 1-yanvarda yangilangan boʻlib, reyting Xalqaro IQ reyestri (International IQ registry) platformasi tomonidan tuzilgan.

 

Taqdim qilingan koʻrsatgichlar 2023-yilgi maʼlumotlarga asoslanadi.

 

Bunda platforma orqali testlarni yechgan ishtirokchilarning natijalari asosiy omil hisoblanadi.

 

Jumladan, mazkur reyting ballari 1 mln 691 ming 740 nafar ishtirokchining koʻrsatgan natijalariga tayanilgan holda ishlab chiqilgan.

 

Oʻrtacha IQ ballari boʻyicha eng yuqori oʻrinni Janubiy Koreya band qilgan (107.54 ball). Kuchli toʻrtlikdan Xitoy (106.99 ball), Eron (106.84 ball), Yaponiya (106.18 ball) joy olgan.

 

 

Markaziy Osiyoda eng yaxshi koʻrsatgich Qozogʻistonga tegishdir (64-oʻrin, 97.26 ball). Quyida Markaziy Osiyo davlatlarining IQ ballari va egallab turgan oʻrni keltirilgan:

◻️ Qozogʻiston – 64-oʻrin, 97.26 ball;

◻️ Oʻzbekiston – 80-oʻrin, 94.81ball;

◻️ Qirgʻiziston – 89-oʻrin, 93.46 ball;

◻️ Tojikiston – 97-oʻrin, 92.1 ball;

 

 

Reytingda Turkmaniston koʻrsatilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//