Google Translate'ga yana beshta turkiy til qoʻshildi

Saqlash
15:07 / 02.07.2024 399 0

Google Translate tillar qatoriga beshta turkiy tilni qoʻshdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan hafta oxirida boʻlib oʻtgan katta yangilanishdan soʻng tillar qatori yana 110 taga koʻpaygan.

 

Kompaniya maʼlumotlariga koʻra,ushbu tillar 614 mln nafardan ortiq odamni yoki yer aholisining taxminan sakkiz foizini qamrab oladi.

 

“Ulardan baʼzilari 100 mlndan ortiq maʼruzachilarga ega boʻlgan asosiy dunyo tillari. Boshqalar kichik mahalliy jamoalar tomonidan gapiriladi. Va baʼzilarida deyarli hech qanday ona tili yoʻq, lekin ular jonlanish uchun faol harakat qilmoqdalar”, deyiladi Google nashrida.

 

Google Translate'ga kiritilgan 5 ta turkiy til quyidagilar:

▪️ boshqird;

▪️ chuvash;

▪️ yakut;

▪️ tuva;

▪️ qrim-tatar.

 

Maʼlumot uchun, qozoq tilining Google Translate'ga kiritilganiga bu yil 10 yil boʻladi (2014-yilda kiritilgan).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//