Telegram asoschisi oʻz blogida Oʻzbekistonga qilgan sayohati haqida yozdi

Saqlash
15:06 / 30.06.2024 530 0

Telegram asoschisi Pavel Durov Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

 

 

Uning oʻz blogida yozgan postiga koʻra, u bu yerga kelganidan juda xursand boʻlgan.

 

“Bu hafta men Oʻzbekistonga tashrif buyurdim va u yerdan juda xursand boʻldim”, deydi u.

 

Durovning fikricha, oʻzbekistonliklar Telegramʼni yaxshi koʻradi.

 

“Oʻzbekiston Telegramʼni yaxshi koʻradi: 37 million aholining 70 foizdan ortigʻi Telegramʼda va ularning butun iqtisodiyoti bizning platformamizda boshqariladi (mamlakatdagi har bir biznesda Telegram boti yoki kanali mavjud). Biz bunday mashhurlikdan faxrlanamiz va Oʻzbekistonga sevgimizni izhor qilib qolamiz”, deb yozadi u oʻz postida.

 

 

Oʻzbekistonga safar davomida Durov, shuningdek, tez rivojlanayotgan Toshkentning zamonaviy infratuzilmasi, Sharqiy Oʻzbekistonning togʻli landshaftlari, Buxoro va Samarqandning boy tarixidan hayratlanganini taʼkidlaydi.

 

 

U samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirar ekan, yil oxirida Toshkentda “koʻproq qolish”ga umid qilishini ham aytadi.

 

“Men koʻplab yosh va iqtidorli, qalbi qaynoq insonlarni uchratdim. Meni samimiy qabul qilganlaridan minnatdorman va shu yil oxirida quyoshli Toshkentda koʻproq qolishga umid qilaman” deydi Telegram asoschisi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//