Jamiyat
Prezident Farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.
Maʼlumot uchun, amaldagi qonunchilikda maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻqituvchisi, tarbiyachi-metodist hamda tarbiyachi (bunda oliy maʼlumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari nazarda tutilmayapti) 1 mln 203 ming 660 soʻm maosh olishi belgilangan.
Maktablarda oliy maʼlumotli boshlangʻich va yuqori sinflari oʻqituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 soʻm oylik oladi. Agar yuqorida keltirilgan Prezident Farmoni kuchga kirsa, bakalavr bosqichini tamomlagan bogʻcha tarbiyachilari 2 mln soʻmdan oshiqroq maosh olishlari mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q