Dushanbe shahridagi Oʻzbekiston elchixonasining yangi binosi tantanali ravishda ochildi

Saqlash
14:04 / 19.04.2024 1666 2

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 18-aprel kuni Dushanbe shahriga bordi.

 

Mazkur tashrif dasturida bir qator ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi.

 

 

19-aprel, tashrifning ikkinchi kunida Dushanbe shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi yangi binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

 

Davlat rahbarlari ramziy tasmani kesib, Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi binosini ochib berdi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

 

Prezidentlar elchixona binosida diplomatlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

“Elchixonada mamlakatlarimiz oʻrtasidagi koʻp qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlarni samarali tashkil etish uchun barcha sharoitlar yaratilgan”, deyiladi xabarda.

 

Marosim davomida Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon elchixona Faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.

 

2 Izohlar

sardor

10:04 / 20.04.2024

Umid qilamizki, yangi elchixonaning faoliyatiga oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasidagi dostlik va taraqqiyotga yoʻl ochishga qaratilgan yagona yoʻl boʻladi.

KArip

10:04 / 20.04.2024

Juda chiroyli bino qurilibdi. Ushbu bino ikki xalq o'rtasida munosabatlarning qanchalik yaxshi ekanligini bildirib turadi

Izoh qoldirish