777 raqamli qimmatbaho avtomobil qarz sabab jarima maydonchasiga joylashtirildi

Saqlash
17:05 / 07.05.2024 1122 0

Aniqlanishicha, sudning qaroriga koʻra daʼvogar ATB “Kapitalbank” foydasiga javobgar D.M. dan kredit va uning foizlaridan 306 mln soʻm undirish belgilangan.

 

Byuroning Namangan viloyati Chortoq tuman boʻlimi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davrida, qarzdor fuqaroga ixtiyoriy muddatda sud qarorida koʻrsatilgan mablagʻni toʻlab qoʻyish yuzasidan ogohlantirilgan.

 

 

Biroq, qarzdor majburiyatni bajarmagan. Shundan soʻng, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Tezkor maʼlumotlarga koʻra, qarzdorga tegishli xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport rusumi borligi aniqlangan.

 

 

D.M. esa qarzni toʻlamasdan, avtomashinada harakatlanishni davom ettirib yurgan.

 

Oxir oqibat Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv shoʻbasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida KIA rusumli mashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish