UzAuto Motors yana bekor qilingan shartnomalar sabab 4 500 ta Lacettiʼni sotuvga chiqardi

Saqlash
18:05 / 07.05.2024 1291 0

Kompaniya avtomobillar xaridi uchun tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlarni kontraktatsiyaga taklif etishda davom etadi.

 

Bu safar UzAuto Motors 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochishni rejalashtirgan.

 

“8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktatsiya ochilishi rejalashtirilgan. Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud”, deyiladi xabarda.

 

Ajablanarlisi, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzilmoqda.

 

Shuningdek, kompaniya yaqin kunlarda Chevrolet Cobalt avtomobilini yangilangan modifikatsiyada ishlab chiqarish boshlanishini ham xabar qildi.

 

“Unda ekstererning qisman restaylingi mavjud boʻladi. Yangilangan avtomobillardagi oʻzgarishlar va kontraktatsiya vaqti haqida keyinroq xabar beriladi”, deyiladi xabarda.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish