Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi

Saqlash
15:05 / 07.05.2024 1152 0

Maʼlumki, yurtimizdagi malaka talablari boʻyicha ayrim mezonlar xalqaro standartlarga va ish beruvchi talablariga toʻliq mos kelmaydi.

 

Mehnat bozorida mavjud 8 mingga yaqin ishchi kasbdan 5 mingdan ortigʻi boʻyicha malaka standartlari ishlab chiqilmagan. Borlari esa aniq ham emas, sifatli ham.

 

Bundan tashqari, malakani baholash markazlarida sertifikatlash yoʻlga qoʻyilmagan. Milliy malaka tizimiga doir jarayon va hujjatlar Elektron platformada yuritilmaydi.

 

Endilikda yuqoridagilarni tartibga solish maqsadida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil qilinadi. Mazkur institutga nafaqat ish beruvchilar, balki malaka talablarini toʻliq ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish