Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Ezgulik” turkumidagi ijtimoiy videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga quyidagi mavzular boʻyicha yangidan yaratilgan, 3 daqiqadan oshmaydigan ijtimoiy videoroliklar qabul qilinadi:
insonparvarlik va bag‘rikenglik, erkinlik va mas’uliyat, vatanparvarlik, huquqiy madaniyat (qonunga itoatkorlik), milliy o‘zlik, ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik va intizom, innovatsiya va tadbirkorlik.
Mavzularning har biri alohida emas, barchasi birgalikda umumiy tanlov hisoblanadi.
Videorolik va ishtirokchi haqidagi maʼlumotlar, bogʻlanish uchun telefon raqamlari bilan birga 2024-yil 20-may soat 18:00 gacha “Oyina.uz” portalining telegramdagi @oyinauz_bot manziliga yuborilishi lozim.
Gʻoliblar quyidagi mezonlarga ko‘ra aniqlanadi:
videorolikda mavzuning mazmun-mohiyati ochib berilganligi;
videorolikda tasvir, ovoz va montaj ishining sifati;
muallifning videorolikni yaratishdagi o‘ziga xos ijodiy yondashuvi, ishning plagiat emasligi;
videorolikning barcha toifadagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi;
videorolikda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan tasvir yoki mazmun aks ettirilmasligi.
Videoroliklar Hakamlar hay’ati tomonidan yuqoridagi mezonlar asosida saralanadi. Eng yaxshi deb topilgan 10 ta (kelib tushgan ijodiy ishlarning soni va sifati inobatga olingan holda mazkur raqam o‘zgarishi mumkin) videorolik Oyina.uz portali telegram kanalida e’lon qilinadi va maxsus bot orqali ovoz yig‘ish jarayoni tashkil etiladi. Yakuniy natijalarga ko‘ra ovozlar soni tartibida 1, 2 va 3-o‘rinlar aniqlanadi. Bundan tashqari, Hakamlar hay’ati e’tirofi bo‘yicha ham 1, 2, 3-o‘rinlar taqdirlanadi.
Tanlov g‘oliblari haqidagi ma’lumotlar Oyina.uz portali va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.
Tanlovda g‘olib deb topilgan ijtimoiy videoroliklar respublikadagi telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va tashqi reklama vositalari (LED ekranlar) orqali namoyish etib boriladi.
Tanlov shartlariga javob bermaydigan ishar qabul qilinmaydi. Mualliflik huquqi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, plagiat va ovoz yig‘ish jarayonlarini soxtalashtirishga urinilgan holatlar aniqlanganda ishtirokchi tanlovdan chetlatiladi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining diplomi bilan taqdirlanadi.
Hakamlar e’tirofi bo‘yicha:
1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
2-o‘rin – HP Victus
3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9
Muxlislar ovozi bo‘yicha:
1-o‘rin – Iphone 15 pro max (256 GB)
2-o‘rin – HP Victus
3-o‘rin – Samsung Galaxy Tab S9
Hakamlar hay’ati qarori bilan tanlovga kelgan videoroliklar ta’sirchanlik darajasi, sifati, mazmuni, dolzarbligi, tarbiyaviy ahamiyati, qo‘yilgan talablarga mosligi e’tiborga olingan holda qo‘shimcha o‘rinlar, rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlanishi mumkin.
//
5 Izohlar
Sadik
16:04 / 23.04.2024
Ajoyib tanlov. Bunday turdagi tanlovlarni ko'pligi odamni quvontiradi.
Sherbek
04:04 / 23.04.2024
Yaxshi loyiha bo'libdi,lekin bunday loyihalarni ko'payishini xohlagan bo'lar edim
Gulmira
09:04 / 19.04.2024
Tanlov bugungi global zamonda umumbashariy qadriyatlarimizni xalq orasida barqarorlashtirishga xizmat qiladi va juda yaxshi o'ylangan tanlov ekanligi uchun ham menga ijobiy taassurot uyg'otdi.
Urazova Rano
02:04 / 09.04.2024
Жуда зур лойиҳа булибди
Sohibjon
23:04 / 08.04.2024
Zoʻr