Pomir cho‘qqilarida yurtimiz bayrog‘i hilpiradi

Saqlash
16:08 / 31.08.2021 1421 0

Vatanimiz mustaqilligining 30 yilligiga atalgan g‘aroyib xabarlar kelishda davom etmoqda. Bugun “Uzbek Tourist” va “Таинственный Узбекистан” jamoasi a’zolari Pomir tizmasining yuksak cho‘qqilarini zabt etdilar.

Bu haqda alpinistlar “Facebook” tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilishdi. Diyor Haydarov O‘zbekiston bayrog‘ini 7134 metr balandlikdagi Abu Ali ibn Sino (sobiq Lenin) cho‘qqisi uzra ko‘tardi. Ilhom Ikromov esa 6100 metrlik Oqsoyboshi (“Раздельная”)ga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Noqulay ob-havo sababli marraga yetish uchun 18 kun kerak bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Pomir O‘rta Osiyodagi eng yirik tog‘ tizmasi hisoblanadi, asosan Tojikistonda joylashgan bo‘lib, kichik qismi Afg‘oniston, Xitoy hududlariga kiradi. 

“Yuksak cho‘qqini zabt etish oson kechmadi. O‘zgaruvchan iqlim, tez-tez qor yog‘ishi, kuchli shamol va doimiy sovuq hamrohimiz bo‘ldi. Shunga qaramay, jamoamiz o‘ziga ishonch bilan yo‘lda davom etdi”, deya izoh qoldirilgan rasmiy sahifada.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish