UzAuto Motors deyarli 40 minut ichida 4 500 ta Lacettiʼni sotib yubordi

Saqlash
10:05 / 08.05.2024 1134 0

Maʼlumot uchun, kecha kompaniya 4 500 ta Chevrolet Lacetti uchun shartnomalar qabul qilish boshlanishini maʼlum qilgandi.

 

Yangi kontraktatsiya bugun, 8-may kuni, soat 10:00 da ochilishi kerak edi.

 

UzAuto Motorsning soat 10:15 da taqdim qilgan maʼlumotiga koʻra, taklif qilingan avtomobillarning 4 400 tasi allaqachon sotilib ketgan.

 

 

Sal oʻtib esa, soat 10:38 da hamma Lacettiʼlar sotilib ketgani haqida xabar joylandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish