Bugun Toshkentda Mudofaa vazirligining harbiylari tantanali ravishda piyoda yurishlari oʻtkaziladi

Saqlash
09:05 / 08.05.2024 867 0

Bugun, 8-may kuni Toshkentda Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari oʻtkaziladi.

 

Bundan maqsad Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshgan barcha urush va front orti mehnat faxriylariga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatishdir.

 

Shuningdek, Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan mazkur tadbirdan yurt himoyachilarining Vatanga sadoqatini namoyish etish hamda aholi, ayniqsa, yoshlarda faxr va iftixor tuygʻularini oshirish ham koʻzlangan.

 

 

Harbiy boʻlinmalarning tantanali ravishdagi piyoda yurishlari soat 14:00 da “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasidan boshlanadi hamda “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish