Endi kredit oluvchilar kredit tarixini kuzatib borishadi

Saqlash
11:05 / 08.05.2024 1233 0

Kredit tarixini bilishda yangilik. Endilikda foydalanuvchilar kredit tarixi uchun ariza topshirganda, oʻzlarining  skoring (scoring) balidagi oʻzgarishlarni oylar davomida kuzatib borishi mumkin boʻladi.

 

 

Bunday kredit tarixi har kimda mavjud boʻlib, u banklar va mikromoliya tashkilotlariga qarz oluvchining qanchalik ishonchli ekanini baholashga yordam beradi.

 

Bunda qarz oluvchilar “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi tomonidan 0 dan 500 gacha boʻlgan oraliqdagi skoring ball orqali baholanadi.

 

Baholanish 5 guruhga boʻlinadi:

A – aʼlo (400-500 ball);

B — yaxshi (300-400 ball);

C — oʻrtacha (200-300 ball);

D — qoniqarli (100-200 ball);

E — yomon (0-100 ball).

 

Kredit tarixini tekshirib borish mumkin boʻlgan saytlar:

🔘 portal.infokredit.uz/reports;

🔘 my.gov.uz.

 

Mazkur saytlarda ushbu xizmatdan foydalanish pulli, ammo bir yil uchun bir marta bepul foydalanish imkoniyati mavjud.

 

Quyida ularning xizmat uchun qoʻygan narxi:

▪️ portal.infokredit.uz – 17 000 soʻm;

▪️ my.gov.uz – 15 300 soʻm.

 

Maʼlum boʻlishicha, mutaxassislar kredit tarixini bilish uchun imkon qadar portaldan foydalanishni tavsiya qilmoqda.

 

Qoʻshimchasiga, tayyor hisobotlarni “harakatlar tarixi” boʻlimidan yuklab olish yoki kuzatish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish