Daromadi 5 milliondan yuqori qatlamga imtiyozli narxdagi 200 kVt norma qoʻllanilmasin – Qodirov

Saqlash
15:07 / 04.07.2024 550 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” partiyasi raisi Alisher Qodirov elektr energiyasining narxi oshishi borasidagi eʼtirozlarga javob qaytardi.

 

Deputatning aytishicha, 1 kilovatt elektr energiyaning tannarxi 990 soʻm ekanligini 200 kilovattgacha 450 soʻmdan, 1000 kilovattgacha 900 soʻmdan sotilishi yordam sifatida qabul qilinishi kerak, talab emas!

 

“Odatda oyiga 300-400 ming soʻmdan oshmaydigan elektr uchun toʻlovim 800 ming soʻmdan oshdi, xursand emasman, lekin bu men ishlatgan energiya va uning haqini men toʻlashim kerak. Rostdan ham koʻmakka muhtoj boʻlgan aholi qoʻllab-quvvatlanishi kerak, hamma emas. Masalan, daromadi 5 million soʻmdan yuqori boʻlgan qatlam uchun imtiyozli narxdagi 200 kVt norma qoʻllanilmasin…”, degan Qodirov.

 

Deputat energetika sohasida bozor munosabatlari boʻlishi shartligini, daromadsiz energetika iqtisodiyotni tortmasligini ham qayd etgan. “Tizim taʼmirtalab ekanligi uchun taʼminot sifatsiz boʻlyapti va isteʼmolchilarning haqli eʼtiroziga sabab boʻlmoqda. Lekin muntazam taʼmirlash uchun muntazam daromad boʻlishi kerak. Daromad koʻrmasa tizim qachon oʻzgaradi! Davlat byudjeti chegarasiz emas”, degan u.

 

Shuningdek, Alisher Qodirov energiya resurslarini qiymatidan ikki karra arzonga sotilishi mamlakat iqtisodiyotini, pirovardida xalq turmushini yomonlashishiga sabab boʻlayotganini qistirib oʻtgan.

 

“Ertaga yaxshi boʻlishi uchun bugun qiynalamiz, boshqa yoʻli yoʻq”, deydi deputat.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//