Tojikistondagi YTHda uch oʻzbekistonlik halok boʻldi

Saqlash
17:07 / 04.07.2024 305 0

Tojikistonda insonlar oʻlimi bilan bogʻliq YTH sodir boʻldi. Unda uch nafar Oʻzbekiston fuqarosi vafot etgan. Bu haqda Tojikiston Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, YTH 2-iyul kuni soat mahalliy vaqt bilan 13:00da “Dushanbe-Varzob-Xoʻjand” avtomobil yoʻlining 50-kilometrida sodir boʻlgan. Xoʻjanddan Dushanbe shahri tomonga harakatlanayotgan 40 N 174 GB davlat raqamli Nexia yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.

 

YTH oqibatida Nexia haydovchisi va ikki nafar yoʻlovchi (ikki erkak va bir ayol) voqea joyida halok boʻlgan.

 

Mashina haydovchisi Fargʻona viloyatida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan М.Б. ekanligi aniqlangan. Qolgan qurbonlarning shaxsini aniqlash choralari koʻrilmoqda.

 

Qayd etilishicha, YTH yuzasidan shu kunning oʻzida Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga maʼlumot yuborilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//