Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Prezidentiga qoʻngʻiroq qildi

Saqlash
12:04 / 23.04.2024 920 1

Xabarga koʻra, Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-aprel kuni Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qilgan.

 

 

Suhbatda davlatimiz rahbari qardosh Qozogʻiston yetakchisi va xalqiga ushbu mamlakat hududidagi keng miqyosli toshqinlar natijasida insonlar qurbon boʻlgani munosabati bilan hamdardlik izhor etgan.

 

“Bunday tabiiy ofatlar keyingi paytlarda mintaqamizda kuzatilayotgan iqlimning salbiy oʻzgarishlari oqibati ekani qayd etildi.

 

Bu borada yaqin amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, Prezidentlar yaqinda Xiva shahrida boʻlib oʻtgan uchrashuvdagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

 

Shu qatorda, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar va boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham koʻrib chiqilgan.

1 Izoh

KArip

14:04 / 24.04.2024

Qozoq xalqiga bu sinovlar tez orada tugab hammasi jopy joyiga tushib ketishiga tilakdoshmiz

Izoh qoldirish