Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi

Saqlash
11:04 / 17.04.2024 736 0

Hukumat qaroriga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi tasdiqlandi.

 

Shuningdek, joriy yilning 1-may sanasidan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining “bazaviy meʼyorlari” ham belgilandi.

 

Shuni ham taʼkidlash lozim, narx oshiriladigan kun, yaʼni 1-maygacha yoqilgʻi-energetika resurslari narxlari oshishini hisobga olgan holda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati qayta koʻrib chiqiladi.

 

Yuqorida keltirilgan qarorga muvofiq, ayrim isteʼmolchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha xarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi. Yaʼni:

◾️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

◾️ Yagona reyestrga kiritilmagan, “mahalla yettiligi” xulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar.

 

Bundan tashqari, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari ham taqdim etiladi. Jumladan, ular uchun:

◽️ noyabr oyida 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam oʻtkazib beriladi;

◽️ elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanishda koʻrsatilgan miqdorlardagi isteʼmol uchun bazaviy meʼyor doirasidagi hamda bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.

 

Bunda quyidagi miqdordagi isteʼmol meʼyorlari nazarda turilgan:

➖tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

➖ elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

Oldinroq 1-maydan gaz va elektr narxi koʻtarilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish