Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskvaga yetib bordi

Saqlash
16:05 / 08.05.2024 2023 0

Oldinroq Prezident amaliy tashrif bilan Rossiyaga borishi haqida xabar berilgan edi.

 

“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining oʻrinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

 

 

 

 

 

Maʼlumot uchun, tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Prezidenti Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yigʻilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish