Magistraturaga kirishda chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar berildi

Saqlash
16:05 / 08.05.2024 2416 0

Maʼlum boʻlishicha, magistratura va doktoranturaga qabuldagi chet tili sertifikati boʻyicha yengilliklar berildi.

 

Jumladan, taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi.

 

Soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻonaga, yaʼni B1 darajasiga tushiriladi.

 

Ammo sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish