Metan gaz narxi 100 soʻmga oshadigan boʻldi

Saqlash
10:04 / 01.04.2024 944 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-mart kuni qabul qilingan 173- sonli qarori bilan metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytirildi.

 

Unga koʻra, mart oyi oxirida yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida juzʼiy oʻzgartishlar bilan amal qiladi.

 

Maʼlumot uchun, oldin avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda uning eng baland chakana narxi 3 250 soʻm edi. Endi, yaʼni 1-apreldan boshlab bir kub metr metanning chakana narxi 100 soʻmga qimmatlashib, 3 350 soʻmni tashkil etadi.

 

Mazkur belgilangan narx bugundan to 2024-yil 1-iyungacha, yaʼni 2 oy davomida amalda boʻladi.

 

Avvalroq aprel oyi metan gaz narxining koʻtarilishi bilan boshlanishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish