“Oʻzbekiston temir yoʻllari” xoldingga aylantiriladi

Saqlash
09:09 / 26.09.2023 1221 0

Xolding tizimida infratuzilma, yuk vagonlari va logistika, yoʻlovchi tashish xizmatlari hamda vokzallar boshqaruvi bir-biridan ajratilib, alohida korxonalar tashkil qilinadi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida temir yoʻl sohasini isloh qilish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning nosohaviy aktivlarini sotish yoki boshqa tarmoqlarga oʻtkazish, sotishdan tushgan mablagʻlarni temir yoʻl infratuzilmasini yaxshilashga yoʻnaltirish vazifasi qoʻyildi. Endilikda “OʻTY”ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qatʼiy taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish