Urush faxriysiga Guliston shahridan uy berildi

Saqlash
09:05 / 10.05.2024 1519 0

Prezident boyovutlik Oʻskan ota Hojimanov bilan suhbatlashib, uning iltimosiga binoan Sirdaryo viloyat hokimiga otaga Guliston shahridan uy sovgʻa qilish haqida topshiriq bergan edi.

 

Ana shu topshiriq bilan Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev otaxonga uy sovgʻa qildi.

 

Foto: Zafar Mirrahimov

 

101 yoshli Oʻskan ota Hojimanov ayni paytda davolanayotgani bois, yangi xonadon uning kelini va nabiralariga topshirilgan.

 

Foto: Zafar Mirrahimov

 

Shuningdek, hokim otaxon yotgan gospitalda ham borgan hamda urush faxriysini tabriklab, unga yangi xonadonning hujjatlari va kalitini topshirgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish