Ilk uchrashuv


Saqlash
18:02 / 13.02.2023 0 1187

…Bobur gulning xush boʻyi dimogʻiga urilgan zahoti jilovni beixtiyor tortib, otini toʻxtatdi. Uzangiga oyoqlarini tirab, egardan boʻy choʻzdi-da, devor tepasidagi qizga tikilib qaradi. Endi unga qizning olov chaqnatib turgan qop-qora koʻzlari, bu koʻzlarga nihoyatda yarashgan gulrang yonoqlari aniq koʻrindi. Bobur bu koʻchadan avval ham oʻtgan edi. Qiz avvallari ham uni koʻrib, tanib qolgan ekanmi, koʻzlari moʻltirab va uyalib bosh egdi. Bu uning salom berganimidi yoki xayrlashganimidi? Oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshlardagi bu qizning jozibasi-yu moʻltirab bosh egishi Boburga shunday taʼsir qildiki, u bir lahza nima qilishini bilmay esankirab turdi.

Boburni Muzaffar Mirzoning Xirot boʻyicha dorugʻasi Yusuf Alibek kuzatib bormoqda edi. Qirq yoshlardan oshgan koʻngilchan bu bek devor tepasidagi qizni tanib kuldi-yu:

– Iye, Mohimmisiz! – dedi. – Obbo, Mohchuchuk-ey, katta qiz boʻlib qolibsiz-a!

Qiz goʻyo endi oʻziga keldi, “lip” etib, boshini devor ortiga oldi-yu, koʻzdan gʻoyib boʻldi.

Yuzi qandaydir ichki olovning taftidan qizargan, koʻzlari gʻalati chaqnagan Bobur Yusuf Alibekdan shoshib soʻradi:

– Kim? Kim dedingiz?

– Amirzodam, bu hovli Sulton Sohibqironning uzoq qarindoshlaridan biriga qarashli. Qizning otasi Husayn Boyqaroning nufuzli devonboshilaridan edilar. Bordi-keldimiz bor edi…

Otlar yurib bormoqda edi. Bobur Mohim deb atalgan qizning tobora uzoqda qolayotganini oʻylab, koʻnglida kuchli bir armon sezdi. Yigirma kun Xirotda yurib, bu qizni nega faqat endi, joʻnab ketayotgan paytda koʻrdi?

…Oʻsha qish Bobur koʻrsatgan mardlik va dovyuraklikning mukofoti shu boʻldiki, Qosimbek Xirot chorbogʻida uchragan goʻzal qizni izlab topdi. Bobur Kobulda katta toʻy qilib, Mohim bonu ismli bu olov qizga uylandi va oradan bir yil oʻtar-oʻtmas undan ajoyib oʻgʻil koʻrdi. Baxtli istiqbol orzusi bilan bu toʻngʻich oʻgʻilni Humoyun deb atadilar.

 

Pirimqul QODIROV,

“Yulduzli tunlar”dan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:05 / 07.05.2024 0 158
Omad yosh tanlamaydi

Bilasizmi?

16:04 / 26.04.2024 2 426
Yaponlarning yaxshi odati



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:12 / 07.12.2021 143 204940
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:12 / 02.12.2021 88 95894
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:12 / 29.12.2021 4 22222
Kompetentlik

Qomus

17:08 / 04.08.2023 4 20498
Milliy urf-odatlar

Qomus

10:12 / 28.12.2021 9 16254
Manqurt(lik)

Qomus

15:07 / 28.07.2023 5 15447
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

12:04 / 17.04.2023 1 13404
Xarakter

Bilasizmi?

11:11 / 08.11.2021 5 11976
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya